Orkestr va Xor
Yangilik

Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi raisi K.Urinbayev hamda Janubiy Koreyaning “Koreys an’anaviy ijro san’ati” tashkiloti rahbari Eunjeong Kim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

9-oktyabr, 20261 koʻrildi

Uchrashuvda ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki xalqning boy musiqiy merosi va ijro an’analarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, shuningdek, ijodiy tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusida qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirish, konsert dasturlari va madaniy tadbirlarni tashkil etish, musiqa san’ati sohasida o‘zaro tajriba almashish, yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikda samarali loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli tashabbuslarni rivojlantirishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, musiqa san’atini rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, ularga o‘z iste’dodlarini jahon sahnalarida munosib namoyon etish uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.