
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Open Air” gala-konserti
Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Open Air” gala-konserti 11-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi favvoralar maydonida boʻlib oʻtdi. Tadbir Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va Opera sanʼati birlashmasi hamkorligida tashkil etildi. Ochiq osmon ostida oʻtadigan konsertda 120 dan ortiq xonandadan iborat xor jamoasi va 100 dan ziyod sozandadan iborat orkestr, yosh iqtidorlar hamda taniqli opera xonandalari ishtirok etdi. Dasturning xalqaro miqyosini kengaytirish maqsadida Rossiya, Gruziya va Qozogʻistondan 10 nafar xorijiy ijrochi ham taklif etildi. Tomoshabinlarga oʻzbek bastakorlari Sulaymon Yudakov va Muxtor Ashrafiy, shuningdek Chaykovskiy, Verdi, Puchchini, Rossini kabi jahon klassikasining durdona asarlari taqdim etildi.
Muddat
2026-yil, 11-sentabr
Joy
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining favvoralar maydonida
Natijalar
