
Juilliard School malaka oshirish dasturi
Juilliard School (Juilliard maktabi) — 1905-yilda asos solingan, Nyu-Yorkdagi Lincoln Center majmuasida joylashgan, musiqa, raqs va drama sohalarida dunyoning eng nufuzli taʼlim maskanlaridan biri hisoblanadi. Maktab yosh iqtidorlar uchun Pre-College (kollejgacha) boʻlimi, xalqaro talabalar almashinuvi dasturlari hamda xorijiy davlatlar bilan qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega. Orkestr va xor ijodiy birlashmasi ushbu tajribadan kelib chiqib, oʻzbekistonlik yosh musiqachilar uchun Juilliard bilan amaliyot, ustoz darslari va almashinuv dasturini yoʻlga qoʻyish gʻoyasini ilgari surmoqda. Hozircha bu tashabbus dastlabki bosqichda boʻlib, aniq hamkorlik shartlari, dastur formati va muddatlari kelgusida Juilliard bilan muzokaralar orqali belgilanadi.
Muddat
2027
Joy
Nyu-York / Toshkent
Natijalar
